y=x2−6x+5 funksiyani y=(x−3)2−4 deb yozsak, hamma narsa ko'rinib qoladi: eng kichik qiymat −4, u x=3 da olinadi, chapda funksiya kamayadi, o'ngda o'sadi. Imtihon masalalarining ko'pi shu uch sonni topishga keladi: parabola uchi, ildizlar va Oy bilan kesishish nuqtasi. Bu dars parabolani uch shaklda yozishni va uning to'g'ri chiziq bilan munosabatini o'rgatadi.
Ta'rif va uch shakl
y=ax2+bx+c,a=0 ko'rinishidagi funksiya kvadrat funksiya deyiladi. Grafigi parabola. a=0 bo'lsa, u kvadrat funksiya emas, chiziqli funksiyaga aylanadi.
Shakl
Yozuv
Darhol ko'rinadi
ShaklUmumiy
Yozuvy=ax2+bx+c
Darhol ko'rinadiOy bilan kesishish: (0;c)
ShaklUch orqali
Yozuvy=a(x−m)2+n
Darhol ko'rinadiuch: (m;n)
ShaklIldizlar orqali
Yozuvy=a(x−x1)(x−x2)
Darhol ko'rinadiOx bilan kesishish: x1,x2
Masalan, y=x2−6x+5,y=(x−3)2−4 va y=(x−1)(x−5) bir xil funksiyaning uch yozuvidir.
y=x2−6x+5: uchi (3;−4), ildizlari 1 va 5,Oy bilan kesishish (0;5), simmetriya o'qi x=3
Parabola uchi
ax2+bx+c
=a(x+2ab)2−4aD
D=b2−4ac
To'liq kvadrat ajratish
x0=−2ab
y0=f(x0)=−4aD
Parabola uchining koordinatalari
Amalda y0 ni x0 ni qo'yib topish osonroq. y=−3x2+12x−7 uchun x0=−2⋅(−3)12=2,y0=−12+24−7=5. Formula bo'yicha ham: D=144−84=60,−4⋅(−3)60=5.
To'liq kvadrat qo'lda shunday ajratiladi.
2x2−12x+7
=2(x2−6x)+7
=2((x−3)2−9)+7
=2(x−3)2−11
Uch (3;−11)
Koeffitsiyentlar nimani anglatadi
Koeffitsiyent
Grafikda
a>0
shoxlar yuqoriga, uchi eng past nuqta
a<0
shoxlar pastga, uchi eng yuqori nuqta
∣a∣ katta
parabola tor, ∣a∣ kichik bo'lsa keng
c
Oy bilan kesishish nuqtasi: f(0)=c
ab>0
uchi Oy dan chapda, x0<0
ab<0
uchi Oy dan o'ngda, x0>0
b=0
uchi Oy da, funksiya juft
a+b+c
f(1) qiymati
a−b+c
f(−1) qiymati
y=−x2+2x+3:a<0, shoxlar pastga, uchi (1;4), eng katta qiymat 4
Xossalari
Xossa
a>0
a<0
XossaAniqlanish sohasi
a>0(−∞;+∞)
a<0(−∞;+∞)
XossaQiymatlar sohasi
a>0[y0;+∞)
a<0(−∞;y0]
XossaKamayadi
a>0(−∞;x0]
a<0[x0;+∞)
XossaO'sadi
a>0[x0;+∞)
a<0(−∞;x0]
XossaUchidagi qiymat
a>0eng kichik
a<0eng katta
Parabola x=x0 to'g'ri chiziqqa nisbatan simmetrik: f(x0+t)=f(x0−t). Ikki nuqtaning ordinatalari teng bo'lsa, uch abssissasi ular o'rtasida. Xususan, ildizlar bo'lsa: x0=2x1+x2.
Shuning uchun nollarning o'rta arifmetigi uch abssissasiga teng. Uch (−2;−5) bo'lsa va nollar mavjud bo'lsa, ularning o'rta arifmetigi −2.
Ma'ruzaning davomi kirgandan keyin ochiladiBu — ma'ruzaning boshi. To'liq matn, ovozli doska, yechimli misollar va topshiriqlar Premium bilan.Davomini o'qish
Endi doskada ko'ringUstoz ovozi bilan qadam-baqadam yechim, 10 ta yechimli misol va 10 ta topshiriq.Darsni boshlash