Kirish

Urinma: burchak koeffitsienti va tenglamasi

y=x2y=x^2 parabolaning (1; 1)(1;\,1) nuqtasiga juda yaqindan qarasak, u deyarli to'g'ri chiziqqa o'xshaydi: y=2x−1y=2x-1. Shu to'g'ri chiziq urinma. Uning tenglamasi uchun ikki son yetarli: f(x0)f(x_0) va f′(x0)f'(x_0). Imtihonda parallel urinma, tashqi nuqtadan urinma, urinma hosil qilgan uchburchak yuzi kabi masalalar hammasi shu ikki songa keladi.

Urinma va burchak koeffitsiyenti

Grafikning (x0; f(x0))(x_0;\,f(x_0)) nuqtasi va unga yaqin nuqtasidan kesuvchi o'tkazamiz. Ikkinchi nuqta birinchisiga yaqinlashganda kesuvchi egallaydigan chegaraviy holat urinma deyiladi. ff nuqtada differensiallanuvchi bo'lsa, urinma mavjud va u vertikal emas:

k=f′(x0)=tg αk=f'(x_0)=\mathrm{tg}\,\alpha
α\alpha urinmaning OxOx o'qining musbat yo'nalishi bilan hosil qilgan burchagi
f′(x0)f'(x_0)α\alphaUrinma
f′(x0)f'(x_0)k>0k>0α\alphao'tkirUrinmao'sib boradi
f′(x0)f'(x_0)k<0k<0α\alphao'tmasUrinmapasayib boradi
f′(x0)f'(x_0)k=0k=0α\alpha0∘0^\circUrinmaOxOx ga parallel (yoki ustida)
f′(x0)f'(x_0)k=1k=1α\alpha45∘45^\circUrinmay=xy=x ga parallel
f′(x0)f'(x_0)k=−1k=-1α\alpha135∘135^\circUrinmay=−xy=-x ga parallel

Hosila bo'lmagan nuqtada ikki hol bor. y=∣x∣y=|x| da x=0x=0 da burchak bor, urinma yo'q. y=x3y=\sqrt[3]{x} da x=0x=0 da urinma vertikal: x=0x=0, uning burchak koeffitsiyenti yo'q.

Urinma tenglamasi

y=f(x0)+f′(x0)(x−x0)y=f(x_0)+f'(x_0)(x-x_0)
x0x_0 urinish nuqtasining abssissasi
  1. f(x0)f(x_0) ni hisoblang.
  2. f′(x)f'(x) ni toping va f′(x0)f'(x_0) ni hisoblang.
  3. Formulaga qo'yib, y=kx+by=kx+b ko'rinishga keltiring.

Misol: f(x)=x2−2x+3f(x)=x^2-2x+3, x0=2x_0=2. f(2)=3f(2)=3, f′(x)=2x−2f'(x)=2x-2, f′(2)=2f'(2)=2. Urinma y=3+2(x−2)=2x−1y=3+2(x-2)=2x-1. Tekshirish: x=2x=2 da y=3y=3.

Urinma tenglamasi berilgan bo'lsa, undan ikki ma'lumot olinadi: urinish nuqtasida f(x0)f(x_0) urinmaning qiymatiga, f′(x0)f'(x_0) esa burchak koeffitsiyentiga teng.

y=kx+by=kx+b to'g'ri chiziq ff grafigiga x0x_0 da urinishi uchun ikki shart birga bajarilishi kerak:

f(x0)=kx0+bf(x_0)=kx_0+b
f′(x0)=kf'(x_0)=k
Urinish sharti

Misol: y=a+xln⁡32y=a+x\ln 32 to'g'ri chiziq y=4x+2x+1+xln⁡2y=4^x+2^{x+1}+x\ln 2 grafigiga urinsin. t=2x>0t=2^x>0 desak, y′=ln⁡2 (2t2+2t+1)y'=\ln 2\,(2t^2+2t+1). ln⁡32=5ln⁡2\ln 32=5\ln 2 bo'lgani uchun 2t2+2t+1=52t^2+2t+1=5, ya'ni t=1t=1, x=0x=0. f(0)=1+2=3f(0)=1+2=3, demak a=3a=3.

Parallel va perpendikulyar

ShartTenglama
Urinma y=kx+by=kx+b ga parallelf′(x0)=kf'(x_0)=k
Urinma OxOx ga parallelf′(x0)=0f'(x_0)=0
Urinma y=kx+by=kx+b ga perpendikulyar (k≠0k\ne 0)f′(x0)=−1kf'(x_0)=-\dfrac{1}{k}
Urinma OxOx bilan α\alpha burchak hosil qiladif′(x0)=tg αf'(x_0)=\mathrm{tg}\,\alpha
Ma'ruzaning davomi kirgandan keyin ochiladiBu — ma'ruzaning boshi. To'liq matn, ovozli doska, yechimli misollar va topshiriqlar Premium bilan.Davomini o'qish
Endi doskada ko'ringUstoz ovozi bilan qadam-baqadam yechim, 10 ta yechimli misol va 10 ta topshiriq.Darsni boshlash