Kirish

O'nli kasrlar va ular ustida amallar

Imtihondagi hisoblash misollarining ko'pida o'nli va oddiy kasrlar birga keladi. Vergulni bir xona adashtirish javobni 1010 marta o'zgartiradi, shuning uchun qoidalarni aniq bilish kerak. To'g'ri ko'rinish tanlansa, 0,90,0018\dfrac{0{,}9}{0{,}0018} kabi kasr bir qadamda 500500 bo'ladi.

O'nli kasr nima

Maxraji 1010, 100100, 10001000, ... bo'lgan kasrlarni vergul bilan yozish mumkin: 710=0,7\dfrac{7}{10}=0{,}7, 35100=0,35\dfrac{35}{100}=0{,}35. Bular o'nli kasrlar. Verguldan keyingi har bir xona o'z qiymatiga ega:

3,142=3+110+4100+210003{,}142=3+\frac{1}{10}+\frac{4}{100}+\frac{2}{1000}
O'ndan birlar, yuzdan birlar, mingdan birlar

Oxiriga nol qo'shish yoki o'chirish qiymatni o'zgartirmaydi: 0,5=0,50=0,5000{,}5=0{,}50=0{,}500. Vergul bilan ishlaganda bundan ko'p foydalanamiz.

O'nli kasrlarni taqqoslash uchun xonalarni tenglashtirib, chapdan o'ngga solishtiramiz: 0,7=0,70>0,650{,}7=0{,}70>0{,}65. Raqamlar ko'pligi kattalikni bildirmaydi.

Oddiy kasr bilan almashish

O'nli kasrdan oddiy kasrga: verguldan keyin nechta raqam bo'lsa, maxrajda shuncha nol yoziladi, keyin qisqartiriladi.

0,35=35100=7200{,}35=\frac{35}{100}=\frac{7}{20}
2,125=21251000=2182{,}125=2\frac{125}{1000}=2\frac{1}{8}

Oddiy kasrdan o'nli kasrga: suratni maxrajga bo'lamiz yoki maxrajni 1010 ning darajasiga keltiramiz.

38=3:8=0,375\frac{3}{8}=3:8=0{,}375
725=28100=0,28\frac{7}{25}=\frac{28}{100}=0{,}28
Oddiy kasr → o'nli kasr

Qisqarmas kasrning maxrajida 22 va 55 dan boshqa tub ko'paytuvchi bo'lmasa, u chekli o'nli kasrga aylanadi. Aks holda davriy kasr chiqadi (keyingi dars).

Quyidagi juftliklarni yodda tutish foydali:

O'nli kasrOddiy kasr
0,50{,}512\dfrac{1}{2}
0,250{,}2514\dfrac{1}{4}
0,750{,}7534\dfrac{3}{4}
0,20{,}215\dfrac{1}{5}
0,1250{,}12518\dfrac{1}{8}
0,3750{,}37538\dfrac{3}{8}
0,6250{,}62558\dfrac{5}{8}
0,8750{,}87578\dfrac{7}{8}
1,251{,}2554\dfrac{5}{4}
1,51{,}532\dfrac{3}{2}
2,252{,}2594\dfrac{9}{4}
2,52{,}552\dfrac{5}{2}
1,1251{,}12598\dfrac{9}{8}
3,1253{,}125258\dfrac{25}{8}
0,050{,}05120\dfrac{1}{20}
0,040{,}04125\dfrac{1}{25}

Qo'shish va ayirish

Vergulni vergul tagiga yozamiz, xonalarni oxiriga nol qo'shib tenglaymiz va butun sonlardek hisoblaymiz.

5,80+0,46=6,265{,}80+0{,}46=6{,}26
5,8=5,805{,}8=5{,}80
7,20−3,45=3,757{,}20-3{,}45=3{,}75
7,2=7,207{,}2=7{,}20
2,35−4,10=−1,752{,}35-4{,}10=-1{,}75
Kichikdan katta ayirilsa, natija manfiy

10, 100, 1000 ga ko'paytirish va bo'lish

10 ga ko'paytirish: vergul 1 xona o'ngga. 10 ga bo'lish: vergul 1 xona chapga.

AmalVergulMisol
Amal⋅10\cdot 10, ⋅100\cdot 100, ⋅1000\cdot 1000Vergul11, 22, 33 xona o'nggaMisol3,7⋅100=3703{,}7\cdot 100=370
Amal:10:10, :100:100, :1000:1000Vergul11, 22, 33 xona chapgaMisol3,7:100=0,0373{,}7:100=0{,}037
Amal⋅0,1\cdot 0{,}1, ⋅0,01\cdot 0{,}01Vergul11, 22 xona chapgaMisol24⋅0,01=0,2424\cdot 0{,}01=0{,}24
Amal:0,1:0{,}1, :0,01:0{,}01Vergul11, 22 xona o'nggaMisol24:0,01=240024:0{,}01=2400

Oxirgi ikki qator shundan kelib chiqadi: 0,1=1100{,}1=\dfrac{1}{10}, shuning uchun unga ko'paytirish 1010 ga bo'lish, unga bo'lish esa 1010 ga ko'paytirishdir.

Ko'paytirish

Vergulga qaramay ko'paytiramiz. Keyin ikkala ko'paytuvchida verguldan keyin nechta raqam bo'lsa, natijada ham o'ngdan shuncha raqam ajratamiz.

0,3⋅0,07=310⋅71000{,}3\cdot 0{,}07=\frac{3}{10}\cdot\frac{7}{100}
=211000=0,021=\frac{21}{1000}=0{,}021
Sababi: maxrajlar ko'paytirilganda nollar soni qo'shiladi
Ma'ruzaning davomi kirgandan keyin ochiladiBu — ma'ruzaning boshi. To'liq matn, ovozli doska, yechimli misollar va topshiriqlar Premium bilan.Davomini o'qish
Endi doskada ko'ringUstoz ovozi bilan qadam-baqadam yechim, 10 ta yechimli misol va 10 ta topshiriq.Darsni boshlash